Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshli o‘quvchi retro dizayndagi elektromobil yacadi (foto)

16 yoshli o‘quvchi retro dizayndagi elektromobil yacadi (foto)

Foto: Behruz Sharopov olgan surat

Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi retro dizayndagi elektromobil yasadi.

16 yoshli Shahzodjon Erkinov yasagan ushbu retro dizayndagi elektromobil soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa, tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto, undan ham oshirish mumkin. Elektrokar quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida ham quvvatlanadi. 

Foto: Behruz Sharopov olgan surat

«Bu turistik zonalarda, parklarda, dam olish maskanlarida odam tashish uchun mo‘ljallangan. Elektromobilning o‘ziga xos jihati shundaki, u faqat rul boshqaruvchining qo‘l barmog‘i bilan yoqiladi. Dastur to‘liq o‘zbek tilida qilingan», — deydi Shahzodjon Erkinov.

Yosh ixtirochi elektromobilga 12 voltli to‘rtta quyosh panellarini o‘rnatib, uning quyosh energiyasida harakatlanishini ta’minlagan. 

U o‘zi yasagan ilk elektromobilini «Shahzodmobil» deb nomlagan.

Foto: Behruz Sharopov olgan surat

«Men bu g‘oyani amalga oshirishni tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabining raketomodel to‘garagida bilim olib yurgan kezlarim maqsad qilganman. Tayyorlanishi uchun 6 oy vaqt ketdi. Ko‘rinishi, dizaynini retro avtomobil shaklida tanladim. Sababi odamlarni o‘zida jalb qiladigan, qiziqtiradigan ko‘rinishni xohladim», — dedi yosh suhbatdosh.

«Buni tokka qo‘yib, zardlasa ham bo‘ladi. Qisman tayyor bo‘lib qolgan retro dizayndagi elektromobilimda yana yopinchiq ham o‘rnatishni rejalashtirganman.  Uning ixtirosida menga otam yaqindan ko‘maklashgan. Homiysi ham otam. 20 million so‘m atrofida xarajat qilingan. To‘g‘risi, men yasagan bu elektromobil ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otganidan xursand bo‘ldim», — dedi Shahzodjon Erkinov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring