16 yoshli jahon chempioni 150 metrli jarlikka tushib ketdi
Yoshlar orasida qoyaga chiqish bo‘yicha jahon chempioni Lyusi Duadi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda «Reuters» xabar bergan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 16 yoshli sportchi do‘stlari bilan uyining atrofidagi qoyalarni aylanib yurishgan. To‘satdan sirpanib ketib, 150 metrli jarlikka tushib ketgan. Fransiya qoyaga chiqish federatsiyasi saytida yozilishicha, hodisa tutqichlar bilan jihozlangan ikkita mashg‘ulot hududi o‘rtasida yuz bergan.
Duadi yoshlar orasida bouldering — o‘ziga xos qoyaga chiqish sport turi bo‘yicha jahon chempioni. Mazkur sport turi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 2019-yildan sportchi kattalar musobaqalarida qatnasha boshlagandi va Olimpiya o‘yinlari-2020 da ishtirok etishi kerak edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter