16 yoshga to‘lganlar ID-karta olayotganda boshqa ro‘yxatlarga ham kiritiladi
«Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgani xabar qilingandi.
Unda 2021-yil 1-apreldan boshlab 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.
Hujjat loyihasi muhokamasi 25-dekabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimiga o‘tiladi. Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter