Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 ta tuman va shaharda davlat idoralari bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi

15 ta tuman va shaharda davlat idoralari bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi

Prezident ishtirokidagi bugungi uchrashuvda, biznes uchun yaratilgan sharoitlar evaziga so‘nggi uch yilda 250 ming yangi korxona tashkil topgan bo‘lsa-da, ularning faoliyati kengayishi uchun joy va bino kerak bo‘layotgani ta’kidlandi.

Shu bois hokimlar yer tanlashda, eng avvalo, ishini yo‘lga qo‘yib, rivojlanish istagida yurgan tadbirkorlar so‘ragan joylarni auksionga chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, endilikda bu borada yangi tizim joriy qilinadi: 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Jumladan, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari hamda Yangiyo‘l va Marg‘ilon shaharlarida barcha davlat idoralari bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bunday yangiliklar qishloq xo‘jaligi sohasida ham bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5 ming gektardan ziyod yer yangicha tartibda ijaraga berilmoqda. U yerda tadbirkorlar o‘zi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishi ham mumkin. Bu yil yana 30 ming gektar yer shunday tizim asosida savdoga chiqarilishi aytildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring