Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n besh sotixga o‘n ming «ko‘ki»: Samarqandda yer sotayotganlar qo‘lga tushdi

O‘n besh sotixga o‘n ming «ko‘ki»: Samarqandda yer sotayotganlar qo‘lga tushdi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Fuqaro J.M. tanishiga qarashli «R.» fermer xo‘jaligining 15 sotix yer maydonini fuqaro K.ga ajratib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.M. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga «M.» fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan 25 sotixini 35 mln so‘m evaziga tanishlari orqali olib berishga va’da berib, oldindan 10 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring