Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan majburiy deport qilindi

15 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan majburiy deport qilindi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Tuapse shahridagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 15 nafar o‘zbekistonlik mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Shuningdek, jarimaga ham tortilishgan.

Bu haqdagi qaror Tuapse shahar sudi tomonidan, joriy yilning 27-aprelida qabul qilingan.

Sud tergovida ma’lum qilinishicha, neftni qayta ishlash zavodida ishlab kelgan mehnat muhojirlari 24-aprel kuni maishiy muammo ortidan o‘zaro janjal chiqargan va bu ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan mazkur holat videotasviri ortidan shahar prokuraturasi ma’muriy ish qo‘zg‘atgan va ishni sudga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring