Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 foizlik avtokreditga ishonganlar chuv tushdi

15 foizlik avtokreditga ishonganlar chuv tushdi

Xalqaro qidiruvga berilgan «LID CAR» MChJ rahbari qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning oktyabr oyidan 2021-yilning aprel oyiga qadar Sh.C. o‘zining 4 nafar sheriklari bilan «LID CAR» nomli MChJ tashkil etib, «3 yil muddatga 15 foizlik kredit» asosida 90 kun ichida avtomashina olib berishi haqida yolg‘on axborotlarni Telegram’dagi AVTO CREDIT «LID CAR» OFFICIAL nomli kanal orqali tarqatishgan. Shu orqali ular fuqarolarni aldab, ularning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.

Mazkur uyushgan guruh dastlab faoliyatini Toshkent shahrida, so‘ng Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqarolarning jami 1,6 mlrd so‘m pullarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritishgan.

Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan JKning 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi, 1990-yilda tug‘ilgan Sh.C. tergovdan bo‘yin tovlab, javobgarlikdan qutilish maqsadida yashiringanligi sababli xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Joriy yil 8-iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan Sh.S. Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida xonadonlarda yashirinib yashab kelayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi va tergov organiga topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring