Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

149 million so‘mni «yeb yuborgan» «paynet»chi aniqlandi

149 million so‘mni «yeb yuborgan» «paynet»chi aniqlandi

Foto: «Anhor.uz»

2017-yil 6-mart kuni Toshkent shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan, biron kasbning boshini tutmagan I.S. «Paynet» xizmatini tashkil qilmoqchi bo‘ladi.

Rejasini amalga oshirish uchun kredit kerak edi. Shu sababli u «Asaka» aksiyadorlik-tijorat bankidan kredit oladi. Biroq u kredit shartnomasiga asosan «Paynet» xizmatlari ko‘rsatish maqsadida bank tomonidan ajratilgan 149 000 000 so‘m pullarni ish rejasiga sarflamaydi. Pullarni o‘zlashtirish-rastrata yo‘li bilan talon-toroj qiladi. Mazkur jinoyat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga o‘z manbalarimiz xabar berishdi.

Hozir ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-3 «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring