Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 2022 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan 13 ta ob’yektda ishlar yakunlanmagani ochiqlandi

Toshkent viloyatida 2022 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan 13 ta ob’yektda ishlar yakunlanmagani ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi yig‘ilishida senatorlar Toshkent viloyatida ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish ob’yektlari qurilishida aniqlangan kamchiliklarni tanqid qilishdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan 13 ta ob’yektda ishlar yakunlanmagan va foydalanishga topshirish dalolatnomalari to‘liq rasmiylashtirilmagan. Bundan tashqari, joriy yilda topshirilishi lozim bo‘lgan 101 ta ob’yektda qurilish ishlari rejadan orqada qolgan bo‘lsa, yangidan qurilishi rejalashtirilgan 21 ta ob’yektda esa qurilish ishlari boshlanmagan.

Foto: Xabar.uz

Shuningdek, joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan 4 ta maktab hamda 7 ta bog‘chada qurilish ishlari yakunlanmagan. Yuqorichirchiq, Bo‘stonliq, Qibray, Yangiyo‘l tumanlarida 2 tadan, Chirchiq, Nurafshon shaharlari hamda Bekobod tumanida 1 tadan shunday ob’yektlar mavjud.

Yig‘ilish davomida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishida pudratchilar mas’uliyatini yanada oshirish, qurilish ishlariga to‘siq bo‘layotgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etish, bu borada prokuratura organlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida Toshkent viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi, shuningdek, Bosh prokuratura, mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli taklif va tavsiyalarni qamrab olgan qo‘mita qarori qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring