Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13-iyuldan mahalliy poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi

13-iyuldan mahalliy poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 10-iyuldan e’tiboran respublika miqyosida qator cheklov choralari o‘rnatilgan. Jumladan:

  • 10-iyul sanasidan avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatiladi;
  • 13-iyul, dushanba kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi;
  • Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi;
  • Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazishda temiryo‘l va avtobuslardan foydalaniladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan «sariq» va «yashil» toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring