Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12-mart kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi (ro‘yxat)

12-mart kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi (ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

12-mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «V International Tashkent Marathon», «Yangi nafas», «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

2023-yilning 11-mart kuni soat 10:00 dan 12-mart kuni soat 16:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

2023-yil 12-mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Abay ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring