12 kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov yurtimizdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 896 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 97 bemorning 30 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 6 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 104 bemordan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.
Shu paytga qadar 66 bemor sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Bu kabi tadbirlar davom etadi, degan umiddamiz. Bir jihatni yodingizga solmoqchiman: hozirda 80 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Ulardan olingan namunalar Virusologiya laboratoriyalarida tekshirilib turibdi.
Lekin biz xotirjamlikka berilishimiz kerak emas. Kasallik kun sayin ortib borayotganini kuzatib turibsiz. Demak, sizga ko‘chaga chiqmaslik, uyda qolish tavsiya etiladi. Qandaydir zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqib, muloqot qilsangiz masofani saqlang. Prokuratura xodimlarining tavsiyasiga ko‘ra, kim bilan muloqotda bo‘lganingizni yozib boring. Bu bilan siz mutaxassislarga kasallik tarqalganlik darajasini aniqlashda ko‘maklashgan bo‘lasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter