Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12-iyuldagi antirekord yangilandi — JSST

12-iyuldagi antirekord yangilandi — JSST

Foto: «Reuters»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kecha jahon bo‘yicha 237,7 ming kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Bu pandemiya davrida hozirgacha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Oldingi antirekord 12-iyul kuniga taalluqli — 230,3 mingta holat.

Eng ko‘p kasallar AQShda ro‘yxatga olingan — 67,1 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Braziliya va Hindiston — 39,9 ming va 34,9 mingtadan holat. To‘rtinchi o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi (13,1 ming holat) va Rossiya (6,4 ming holat).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring