Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

110 yoshli «Monsa» ilk marotaba Italiya A Seriyasida o‘ynaydi

110 yoshli «Monsa» ilk marotaba Italiya A Seriyasida o‘ynaydi

Foto: «Sport-Ekspress»

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga qarashli «Monsa» klubi o‘z tarixida ilk marta A Seriyada qatnashadigan bo‘ldi.

Bu yerda ham yuqori divizionga 3-yo‘llanma taqdiri Angliyadagi kabi yuz berdi: 3-o‘rin («Piza) va 4-o‘rin («Monsa») egalari o‘rtasidagi kurashda so‘nggi jamoaning tolei kuldi.

Birinchi o‘yinda «Monsa» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi, ikkinchi o‘yinning asosiy vaqtida «Piza» 3:2 hisobida oldinga chiqdi va ikki o‘yin bo‘yicha natijalar tenglashgani uchun qo‘shimcha vaqt belgilandi. Ekstrataymlarda ikkita gol urishga kuch topgan «Monsa» futbolchilari 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan o‘z nomlarini tarixga yozishdi.

1912-yilda asos solingan «Monsa» 110 yillik tarixida birinchi marta A Seriyada o‘ynaydigan bo‘ldi. 2018-yildan beri jamoa aksiyalarining nazorat paketi sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni qo‘lida.

B Seriya g‘olibi «Lechche» va 2-o‘rinni egallagan «Kremoneze» yangi mavsumdan A Seriyada qatnashishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring