Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yoshli qizcha yugurish bo‘yicha xalqaro musobaqada yalangoyoq yugurib uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi (Foto)

11 yoshli qizcha yugurish bo‘yicha xalqaro musobaqada yalangoyoq yugurib uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi (Foto)

Foto: «Life.ru»

Bu haqda OAVda xabar paydo bo‘lgan zahoti yosh sportchi qiz mashhur bo‘lib ketdi.

Filippinlik Reya Bullos yugurish bo‘yicha xalqaro musobaqada yuzlab raqiblarini ortda qoldirib uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Biroq 11 yoshli qizchaning bunchalik mashhur bo‘lib ketishiga poyabzali, aniqrog‘i, poyabzali yo‘qligi sabab bo‘ldi.

Reya oyoqlariga oddiy tibbiy plastir o‘rab olib, avval 400 metrga yugurish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi, keyin esa 800 metrlik krossda raqiblarini ortda qoldirdi, oxirida 1,5 kilometrlik masofani ham boshqalardan ko‘ra tezroq bosib o‘tdi.

«World of Buzz»ning xabar berishicha, yosh sportchining ota-onasi qiziga krossovka sotib olish uchun pul topolmagan. Biroq bu Reyani to‘xtatib qololmagan.

Kichkina chopag‘onning poyabzali bilan bog‘liq post yashin tezligida tarqalib, minglab layk to‘pladi. Internet foydalanuvchilari Reyaga qoyil qolganini  tinimsiz bildirishdan charchashmayapti. Ayrimlari hatto unga krossovka xarid qilishni va moliyaviy yordam ko‘rsatishni taklif etishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring