11 daqiqada erta o‘lim xavfini kamaytiring!
Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta o‘lim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqlashdi.
Buning uchun mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari o‘rganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish o‘lim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz ko‘proq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.
Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga o‘zimizga yoqadigan jismoniy mashg‘ulotlarni kiritish katta samara beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter