100 kishi masjiddagi vahshiyona hujum qurboniga aylandi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi shialar masjidiga uyushtirilgan teraktni qoralab, uni vahshiyona hujum deb atadi. Bu haqda juma kuni Bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
Avvalroq Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi masjidlardan birida juma namozi paytida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
«Bosh kotib, albatta, bu vahshiyona hujumni qoralaydi va halok bo‘lganlar hamda jarohatlanganlarning oilalariga hamdardlik bildiradi», — dedi Dyujarrik.
Avvalroq voqea guvohining «RIA Novosti»ga aytishicha, Qunduzda yuz bergan portlashda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, ko‘plari jarohatlangan. Qayd etilishicha, o‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi masjidga namoz o‘qish uchun kelishgandi.
Tolibon harakati vakili Zabiulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, portlash joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan. Hozir tekshiruv olib borilmoqda. OAV harakatning mahalliy vakiliga tayanib, portlashni xudkush terrorchi uyushtirganini xabar berdi. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xosti «RIA Novosti»ga portlashni tasdiqladi, lekin qurbonlar soni noma’lumligini ta’kidladi.
«Xuroson Viloyati — Islom davlati» terrorchilik guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter