Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«10 minut nafas ololmay qoldi, keyin doktor chaqirdik» — Prezident

«10 minut nafas ololmay qoldi, keyin doktor chaqirdik» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvi e’lon qilindi.

Unda davlat rahbarining shifokorlar bilan uchrashuvi haqida lavha berilgan.

Uchrashuv moderatori Behzod Musayev esa muloqot oldidan sezilarli darajada hayajonlangan.

Buni ushbu tadbir vazir Musayev uchun sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish kabi yangi tajriba bo‘lgani bilan bog‘lash mumkin. Mazkur lavozimga nega aynan professional iqtisodchini tayinlaganini esa prezident shifokorlar qarshisida ochiqladi. Davlat rahbari bo‘lajak sog‘liqni saqlash vaziri o‘zining yangi lavozimi haqida eshitganidan so‘ng uning o‘ziga shifokor kerak bo‘lib qolganini aytib, yengil hazil ham qilib o‘tdi, deyiladi efirga uzatilgan lavhada.

«Men uni soliq tizimiga, Bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinladim, keyin chaqirib endi «buyoqqa o‘tasan» dedim. Nafas ololmay qoldi, keyin shifokor chaqirib zo‘rg‘a o‘ziga keltirdik» – deya hazil qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring