Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

1-yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

Foto: «Xabar.uz»

2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamg‘armasiga murojaat etish zaruriyati yo‘q.

Sizga tayinlangan pensiya miqdori oshganligi to‘g‘risida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, mazkur telegram bot orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin: https://t.me/pensiyauzbot

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring