1-yanvardan ishlovchi pensionerlar pensiyani to‘liq oladi
Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi;
- pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter