Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab 1-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo

O‘zbekiston bo‘ylab 1-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo

Toshkent ko‘chalarida mototsikl mingan qorbobolar. 2017 yil 31 dekabr

Foto: «Nuz.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 1-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatilarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring