Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrgacha poytaxt drenaj tizimi master-rejasi ishlab chiqiladi

1-sentyabrgacha poytaxt drenaj tizimi master-rejasi ishlab chiqiladi

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan drenaj tizimi haqida to‘xtaldi.

Davlat rahbari shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1-sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

Shuningdek, yig‘ilishda temir yo‘lda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish masalasi mhokama qilinib, o‘tgan yilda bu bo‘yicha sezilarli natijaga erishilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Qo‘qon», «Samarqand», «Toshkent» vokzallari, «Andijon» va «Urganch» aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qo‘qon aerodromlarida ta’mirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring