Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-oktyabrdan musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarining oyligi oshirildi

1-oktyabrdan musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarining oyligi oshirildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2019-yil 1-oktyabrdan:

  • direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun – 1,5 baravarga;
  • o‘qituvchilar va konsertmeysterlar uchun – 1,25 baravarga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan zarur mablag‘larni 2019-yil uchun ajratadi hamda 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring