Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 mln AQSh dollari — O‘zbekiston fuqaroligini olish miqdori belgilanmoqda

1 mln AQSh dollari — O‘zbekiston fuqaroligini olish miqdori belgilanmoqda

Foto: Xabar.uz

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun joylashtirildi.

Kiritilayotgan to‘ldirishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 mln AQSh dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga tatbiq etiladi.

Qayd etilishicha, «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» DUK yoki Davlat xizmatlari markazi tomonidan chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga 1 mln AQSh dollari ekvivalentida sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring