1 milliard so‘mdan ziyodga sotib olingan uy yaroqsiz chiqdi. So‘ng...
13 may kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.
Arizaga yangi sotib olingan uy sabab bo‘lgan. Akramov 2016 yil 8 iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyni 1 032 000 000 so‘mga sotib oladi.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga isitish tizimida ham muammolar paydo bo‘ladi.
Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bog‘lanishga harakat qiladi ammo qo‘ng‘iroqlari javobsiz qoladi.
Shundan so‘ng, ancha sarson bo‘lgan Akramov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qiladi.
Federatsiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqishadi va iste’molchi haq ekanligi, uyda ma’lum muammolar mavjudligi isbotini topadi.
Natijada, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan iste’molchiga uy uchun to‘lagan puli 1 032 000 000 so‘m to‘liq qaytarib olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter