1-maydan jarimalar miqdori oshadi

Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingandi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1 -maydan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
Ushbu o‘zgarish bilan bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘mga oshiriladi. Bu esa jarimalar miqdorining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
1-maydan jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi:
- Kamar taqmaslik - 165 000 so‘m
- Texnik ko‘rik, aptechka - 165 000 so‘m
- Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m
- Sug‘urtasiz haydash - 330 000 so‘m
- Qizilda o‘tish - 660 000 so‘m
- Noto‘g‘ri parkovka - 660 000 so‘m
- Telefonda gaplashish - 990 000 so‘m
- Davlat raqam belgisisiz haydash - 1 650 000 so‘m
- Tezlikni oshirish (20 km/s) - 330 000 so‘m
- Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1 650 000 so‘m
- Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2 970 000 so‘m
- Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 so‘m
- Mast holda haydash - 8 250 000 so‘m yoki 3 yilgacha «prava»dan mahrum qilish
- Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 1-maydan e’tiboran kuchga kiradigan prezident qonuni bilan ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter