Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-martga qadar O‘zbekiston bo‘ylab «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhi tuziladi

1-martga qadar O‘zbekiston  bo‘ylab «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhi tuziladi

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, joriy yilning 1-mart kuniga qadar respublikaning harbiy qism va muassasalar joylashgan hududlarida «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhi tuzilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhlariga hududlardagi harbiy qism va muassasalarning har tomonlama namunali, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan hamda yetakchilik sifatlariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar kiritaladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari hamda ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) bilan kelishilgan holda targ‘ibot guruhlari tarkibiga ularning vakillari ham kiritilib, birgalikda yoshlar o‘rtasida  tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, uzoq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lib yashash manziliga qaytgan, ta’lim muassasasini tamomlab, ishsiz yurgan yoshlarni targ‘ibot guruhlarining hududlardagi tarbirlarda ishtirok etishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring