1-iyundan benzin yana oshishi mumkin

Davlat soliq qo‘mitasi 2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalarini belgiladi:
- O‘rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
- neft mahsulotlari (yakuniy iste’molchiga sotiladigan);
- ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.
Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
- filtrli;
- filtrsiz sigaretalar;
- papiroslar;
- sigarillalar (sigaritlar);
- bidi;
- kretek.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida AI-80 markali benzin narxi 6800 so‘mdan sotila boshlanganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter