1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Bugundan boshlab Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinadi, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.
45 ta mamlakatning fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilash haqidagi norma kuchga kirdi, Bundan tashqari, 76 ta mamlakat fuqarolari bugundan boshlab elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega.
Toshkent shahrining barcha tumanlarida tuman (shahar) prokurorlari rahbarligida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan, jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi, bekor bo‘lishi, shuningdek ular bilan bog‘liq bitimlar haqidagi axborot almashinuvi imkoniyatini beruvchi axborot-dasturiy kompleksi ishga tushiriladi.
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida bepul asosda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus shaxslar guruhi — «front-ofislar» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter