Terma jamoamiz BAAga yetib bordi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Osiyo Kubogida qatnashish ishtirok etish uchun BAAga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining 333-reysi bilan uchgan Boing-787 havo kemasida 3 soatu 15 daqiqa parvozdan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari ham uchib ketishayotganini e’lon qilib, ekipaj a’zolari nomidan futbolchilarimizga Osiyo Kubogida omad tiladi.
Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol o‘ynash uchun juda qulay ob-havo. Terma jamoamiz delegatsiyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilarimiz Dubay shahridagi «Roda Al Bustan» mehmonxonasiga joylashishdi.
Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz a’zolari BAAdagi dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter