Bugun O‘zbekiston Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-tur bahslari o‘tkazilmoqda.
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz «Sharja» stadionida Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadilar.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. O‘yinni janubiy koreyalik FIFA referesi Kim Dong Jin boshqarib boradi.
Osiyo kubogi. «F» guruhi
«Sharja» stadioni. 18:30
O‘zbekiston – Ummon
Bosh hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)
Uchrashuv «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter