Zararli plastik yoki suvni qaysi idishdan ichmoqdasiz?
Har bir odam hayotida hech bo‘lmasa bir marta suvni plastik idishdan ichgan. Lekin, iste’molchilarning aksariyati suv quyilgan idish qanday plastikdan tayyorlangani haqida o‘ylab ko‘rmasligi ham hammamizga ma’lum bo‘lsa kerak. Bu haqidagi ma’lumot etiketkada emas, balki idish tubidagi 1 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar va bir necha harflarda berilgan. Keling, ushbu belgilar nimani anglatishini, qaysi plastik xavfli emas va, umuman, plastik idishlarning barchasi xavfsizmi degan savolga javob berishga harakat qilib ko‘ramiz.
1. RET/RETE. Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan plastmassa turi. Bu turdagi plastik og‘ir metallar va gormonal balansga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni ajratib chiqaradi. Bu turdagi plastik idishlar faqat bir marta foydalanishga mo‘ljallangan.
2. HDP/HDPE. Bunday markirovkali plastik suyuqlikka zararli moddalarni deyarli ajratib chiqarmaydi, atrof-muhit uchun xavfsiz va yaxshi qayta ishlanadi. Odatda, sut va yuvish vositalari uchun idish tayyorlashda ishlatiladi.
3. PVC/V. Plastikning bu turi juda egiluvchan bo‘lib, bir nechta zararli kimyoviy moddalar ajratib chiqarishi bilan ajralib turadi. Odatda, o‘simlik yog‘i, bolalar o‘yinchoqlarini saqlashda, mahsulotlarning blisterli upakovkasi, kompyuter kabellari qoplamasi, sug‘orish shlanglari va deraza romlarini tayyorlashda ishlatiladi.
4. LDPE. Ushbu markirovkali plastik suyuqlik uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lsada, mahsulotlarni saqlash uchun umuman yaramaydi. Bu turdagi plastikdan mahsulotlar uchun paketlar tayyorlanadi. Plastikdan ajralib chiqayotgan kimyoviy moddalar yurak faoliyati uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
5. PP. Plastikning bu turi nisbatan xavfsiz. Undan yogurt va turli siroplar uchun idish tayyorlashda foydalaniladi. Issiqlikka chidamli va qizdirilganda erimaydi.
6. PS.Polistirol – kundalik turmushimizda eng ko‘p uchraydigan plastik turi. Undan tez ovqatlanish konteynerlari va qahva stakanlari tayyorlanadi. Sovuq ichimliklar uchun xavfsiz, ammo qizdirilganda xavfli kimyoviy moddalarni ajratib chiqaradi.
7. PC.Polikarbonat – suv uchun butilka va oziq-ovqat konteynerlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan plastik. PC.Polikarbonat – mavjud plastiklarning eng xavfli turi hisoblanadi. Undan tayyorlangan idish yoki konteynerda ovqatni saqlashga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Plastikning aynan shu turi odamdagi endokrin tizimini buzadigan va estrogen ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘ta zararli modda – bisfenol A moddasini ajratib chiqaradi.
Manba: www.ecofilter.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter