Yuz va tana go‘zalligi uchun zararli 6 omil
Chekish, sifatsiz oziq-ovqat, alkogolga ruju qo‘yish, jismoniy yuklamaning yo‘qligi ham salomatlikka, ham go‘zallikka halokatli ta’sir ko‘rsatishi hech kimga sir emas. Biroq yuz, tana va umumiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qancha omillar borki, ko‘pchilik ularga e’tibor him bermaydi.
Qattiq suv
Tarkibida tuz ko‘p bo‘lgan suv terini tozalashga ham, namlashga ham, parvarish qilishga ham yaramaydi. Ustiga-ustak, qattiq suv epidermis himoya funksiyasiga sezilarli zarar yetkazishi mumkin.
Yomon uyqu
Uzoq yillar davomida jozibasini yo‘qotmagan ko‘pgina ayollar go‘zalligining siri sog‘lom uyqu ekanligini aytishi bejizga emas. Suvsizlanish, terining xiralashishi, ko‘z ostidagi xaltalar — bularning bari uyquga to‘ymaslik oqibati.
Noto‘g‘ri parvarish
Dermatolog bilan maslahatlashishdan pulini tejashga uringan ayollar ko‘pincha parvarish qiluvchi vositalarni o‘z bilganlaricha tanlashadi. Ular foyda bermasa, yaxshi, lekin, allergiya va turli yallig‘lanishlarni keltirib chiqarsa, yomon.
Kam harakat turmush tarzi
Kuz-qish fasli piyoda yurish uchun qulay emas. Natijada uydan chiqmaymiz, hatto, monitor ekrani oldida o‘tirib dam olamiz. Kam harakat turmush tarzi nafaqat qad-qomatga, balki teriga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi: yetarlicha kislorod va boshqa ozuqaviy moddalarni olmaydi. Natijada terining ko‘rinishi yomonlashadi.
Doimo niqob taqish
2020 yilni niqobsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biroq ushbu himoya vositasidan uzoq vaqt foydalanganda teri qizarishi, achishishi va sanchib og‘rishiga sabab bo‘ladi.
Harorat o‘zgarishi
Issiq xonadan sovuq tashqariga chiqish — teri uchun chinakam sinov. Qishda jozibadorligini yo‘qotishi bejiga emas. Uydan chiqqanda teridagi qon tomirlar issiqlikni saqlab qolish uchun torayadi, keyin esa kengayadi — bu past haroratga bo‘lgan reaksiya hisoblanadi. Buning oqibatida teri tabiiy tiklanish qobiliyatini yo‘qotadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter