Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxshi poyabzalni qanday tanlash mumkin? 8 ta oddiy maslahat

Yaxshi poyabzalni qanday tanlash mumkin? 8 ta oddiy maslahat

Foto: «Pompidou»

Oyoqlaringiz tolmasligi va og‘rimasligi uchun poyabzalni qanday tanlash kerakligini bilib oling. «Lifehacker.ru» sizga poyabzal do‘konida adashmaslik sirlarini o‘rgatadi. 

  1. Poyabzalni kunning ikkinchi yarmida sotib olgan yaxshiroq, chunki odatda kechga borib oyoqlar ozgina shishadi. Ertalab sotib olingan poyabzal kechqurun oyoqni siqishi mumkin.
  2. Poyabzalni o‘lchab qo‘rishdan avval u bilan birga kiyishni rejalashtirayotgan paypoqni kiying. Misol uchun, krossovkalarni sinab ko‘rish uchun kapron paypoq kiymaslik kerak.
  3. Agar oyoqlaringiz turli uzunlikka ega bo‘lsa, poyabzalni katta oyoqning o‘lchamiga qarab oling.
  4. Oyoqning katta barmog‘i va poyabzal uchi orasidagi masofa taxminan 0,5-1,5 sm bo‘lishi kerak.
  5. Poyabzalni kiyib do‘konda yurib ko‘ring. Poshnaning mustahkamligini tekshiring. Poshna hech qayerga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Kelajakda poyabzal «tashlashi» yoki yumshoq bo‘lishiga umid qilmagan yaxshiroq. Bunday bo‘lmasligi ham mumkin.
  6. Poyabzalning o‘lchamiga urg‘u bermang. Turli ishlab chiqaruvchilarda o‘lcham ham farqli bo‘lishi mumkin. O‘z hissiyotingizga ishoning.
  7. Oyog‘ingizda qadoq paydo bo‘lmasligi uchun darhol poyabzalni ichkari tomondan tekshirib ko‘ring, sizning yurishingizga to‘sqinlik qiladigan biron-bir narsa yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
  8. Poyabzal poshnasi sirpanib ketmayotgani hamda siz tanlagan oyoqkiyim yurayotganingizda yaxshi amortizatsiya berayotganini tekshiring.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring