Kiyimni koronavirusga qarshi dezinfeksiyalash shartmi?
Shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, odam tashqariga chiqqanda boshqa insonlar yaqinlashganda, yonida aksirganda va yo‘talganda yoki uning o‘zi devor yoki tutqichlarni ushlaganda kiyimlarni dezinfeksiyalash zarur.
«Agar bularning bari kuzatilmagan bo‘lmasa — shart emas. Eng oddiy yo‘li – bir nechta kiyimlar jamlanmasidan foydalanish. Uyga kelganda kiyimni yechib, tashqarida yoki balkonda qoldiring. Quyosh hammasini o‘ldiradi», — deb izohlaydi shifokor.
Komarovskiyning fikricha, virus poyabzal va qo‘lqoplar bilan birga uyga kirgan taqdirda ham, shilliq qavatga tushgandagina yuqishi mumkin. Shu bois qo‘llarni yuvmasdan burun bilan ko‘zlarni ishqalamaslik kerak.
Uyga kiraverishga dezinfeksiyalovchi gilamcha to‘shab qo‘yish, uyni yig‘ishtirish uchun esa xlorli oqartiruvchi vositalardan foydalanish lozimligini qo‘shib qo‘ydi shifokor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter