Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti yil ko‘proq yashashni istasangiz — taniqli mutaxascisdan tavsiya

Olti yil ko‘proq yashashni istasangiz — taniqli mutaxascisdan tavsiya

Leo Bokeriya.

Foto: «Sever-Press»

Bir joyda uzoq o‘tirib ishlovchilar (yashovchilar) uchun umrni uzaytirishning eng oddiy va yoqimli usuli — haftasiga ikki soatgacha yayov yurishdir. «Sog‘lom millat ligasi» Butunrosssiya jamoatchilik tashkilotining prezidenti, taniqli akademiya Leo Bokeriya «RIA Novosti» bilan suhbatda shu omilga to‘xtalib o‘tdi.

Shifokor-kardiolog o‘z so‘zining isboti sifatida AQShda o‘tkazilgan tadqiqotni misol keltirdi. O‘n millionlab odamlar qatnashgan sinovda haftasiga hech bo‘lmaganda ikki soat piyoda yurishga odatlangan kishilar turg‘un hayot tarziga odatlanganlarga qaraganda olti-sakkiz yil ko‘proq umr ko‘rishi aniqlangan.

Pandemiya tufayli ko‘pchilik uydan chiqmaslikka o‘rgandi. Ammo sayr qilishni ham kanda qilmaslik kerak. Hatto bir xonali uy ichida tinmay yurish ham yurak-qon tomir tizimini yetarli yuklanish bilan ta’minlaydi. To‘g‘ri ovqatlanib, alkogoldan voz kechilsa samarasi yanada yaxshi bilinadi, deya ta’kidladi Bokeriya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring