Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxlash me’yorining buzilishi xavfi ma’lum qilindi

Uxlash me’yorining buzilishi xavfi ma’lum qilindi

Keksa odamlar ko‘proq uxlashlari kerak va bu shifokorlar tomonidan belgilangan soatlar vaqtidan kam bo‘lmasligi lozim. Agar ular yetarlicha uxlamasalar – yurakka xavf tug‘iladi, agar ular me’yoridan ortiq uxlasalar – aqlning zaiflashuviga duchor bo‘ladilar, deydi kardiolog Vladimir Xoroshev.

O‘rtacha sakkiz soat – odam uchun uyqu vaqtining eng maqbuli. Bu vaqt ichida tana to‘liq dam oladi. Agar yoshlikda bu normaning buzilishiga jiddiy xavf deb qaralmasa-da, keksa odamlar uchun bu juda muhim, deb tushuntiradi mutaxassis.

«55-60 yoshdan oshgan odamlar uyquning ma’lum bir rejimiga amal qilishlari kerak. Ular har kuni kamida sakkiz soat davomida tinch uyquga ega bo‘lishlari lozim. Agar keksalar bundan kam uxlasalar, tanalari jismon tiklanmaydi. Barcha organlarning ishiga ta’sir etadigan resurs bazasini tiklash uchun vaqt kerak. Kam uyqudan miya, yurak, jigar va oshqozon zarar ko‘radi. Buni esdan chiqarmaslik zarur», deb maslahat bergan kardiolog.

Shu bilan birga, keksa odamlar uchun juda ko‘p uyqu oz uxlamaslikdan kam zararli emas. Mutaxassis uyquni suiste’mol qilish aqlning zaiflashuviga olib kelishidan ogohlantirgan.

«Keksa odamlarda uzoq uyqu ham zararli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uyquning 9-11 soat davom etishi miya aterosklerotik shikastlanishi yoki ensefalopatiya xavfini oshiradi. Bu kasallik miyaning kognitiv buzilishiga olib keladi, natijada bu aqli zaiflikka olib kelishi mumkin», deydi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring