Tuz antibiotik o‘rnini bosadimi?
Oddiy osh tuzi bemalol antibiotik o‘rnini bosishi mumkin, degan xulosaga keldi Garvard universiteti (AQSh) olimlari. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.
Buning uchun mutaxassislar sichqonlar ustida tajriba o‘tkazishdi. Ular kemiruvchilarni ikki guruhga ajratishdi: biriga tuzsiz, ikkinchisiga tuzli ozuqa berishdi. Buni qarangki, ikkinchi guruhdagilar kasalliklarga qarshi yaxshiroq kurashgan.
Olimlarning fikricha, organizm himoya kuchlari qadimdan tuz yordamida shakllanib kelgan. O‘tmishda odamlar tibbiy preparatlardan foydalanishmagan. Immuniteti esa yallig‘lanuvchi jarayonlarga qarshi mustaqil kurashib kelgan. Odam organizmi tuz tufayli viruslarga qarshi kurashishni o‘rganib olgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Gap shundaki, nordon muhit zararli mikroblar uchun noqulay sanaladi. Tuz tarkibidagi natriy xlorid ham ularga xuddi shunday ta’sir o‘tkazadi.
Shunga qaramay, olimlar tuzni me’yorda iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Chunki tuzni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish qon tomirlarga zarar yetkazib, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter