Tonggi motivatsiya. Nashriyotlar 12 yil «eshigidan kiritmagan» yozuvchining asarlari 51 mamlakatda chop etilmoqda — Stiv Berri
Stiv Berri — amerikalik yozuvchi, detektiv va sarguzasht romanlar muallifi, sobiq advokat. Bu yil 66 yoshga to‘ladi (1955-yili AQShda tavallud topgan). Merser universitining Uolter F. Jorj yuridik maktabi bitiruvchisi.
30 yil advokatlik qilgan Berri yozuvchilikda ham kuchini sinab ko‘rishga qaror qiladi va 1990-yili ilk asarini yozishga o‘tiradi.
Biroq ilk kitobi bosilishini juda uzoq kutishiga to‘g‘ri keldi. Asarlari 12 yil davomida 83 marta nashriyotlar tomonidan qaytarilgan. Nihoyat, 2003-yili «Qahrabo xona kasofati» deb nomlangan ilk tarixiy romani chop etildi. 2004-yili esa yana bir tarixiy asari — «Romanovlar bashorati» bosmadan chiqdi. Shundan beri 20 ga yaqin romanlar yozdi.
Qachonlardir nashriyotlar ko‘rishni ham, eshitishni ham istamagan Berrining romanlari «The New York Times», «USA Today», «Publishers Weekly» hamda «BookSense» bestsellerlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bir paytlar ortga qaytarilaverib sarg‘aygan qo‘lyozmalari endilikda 40 tilga o‘girilib, 51 mamlakatda sotilmoqda.
Yozuvchi bugungi kunda Floridadagi Sent-Ogastin shahrida yashab ijod qilmoqda. Rafiqasi Elizabet bilan birgalikda tarixiy merosni asrashga ko‘maklashuvchi «O‘tmish savollari» notijoriy tashkilotiga asos solishgan.
Stiv Berri yozuvchilik ortidan qo‘lga kiritgan mukofotlarni birma-bir tilga olib, vaqtingizni o‘g‘irlash niyatimiz yo‘q, shunchaki ular juda ko‘p. Yaxshisi, ayrim elektron kitoblariga (ruscha) havolalarni qoldiramiz (o‘zbek tilidagisi topilmadi):
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter