Soqol-mo‘ylov gripp xavfini oshiradimi?
Lor-shifokorlarining fikricha, bosh yoki yuzdagi har qanday tuk mikrob va viruslarni o‘ziga shimib oladigan filtr vazifasini bajaradi. Nafas chiqarganda soqol-mo‘ylovni isituvchi namlik va iliqlik mikroblarning ko‘payishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Shu bois soqolli va mo‘ylovli kishilar nafaqat o‘zlari kasal bo‘lib qolishi, balki boshqalarga ham kasallikni yuqtirishi mumkin. Chunki infeksiya va viruslar ularning soch-soqolida yashab, boshqa odamga oson o‘tib ketadi, deb yozadi «AIF».
Shu bois soqolli va mo‘ylovli kishilar shamollash va gripp mavsumi paytida soqol-mo‘ylovlarini yaxshilab parvarish qilishlari tavsiya etiladi — har kuni, yaxshisi, har safar jamoat joyga borgandan so‘ng soqol-mo‘ylovini tozalovchi vositalar bilan yuvish lozim.
Ko‘pchilik unutib qo‘yadigan yana bir muhim jihat — burunda o‘suvchi tuklar. Ular ham kasallik xavfini oshiradi. Shuning uchun ularni ham tozalab turishni unutmaslik kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter