Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi
Smartfon ishlash jarayonida yengil isishi xavotirli emas. Biroq qo‘lda tutish noo‘ng‘ay darajagacha qiziy boshlasa biron chora ko‘rmasangiz bo‘lmaydi — bu haqda «Roskachestvo» raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha katta mutaxassisi Sergey Kuzmenkoga asoslanib «Praym» agentligi yozmoqda.
Protsessor, batareya yoki displeydagi muammolar — telefon qizib ketishining bosh sababchilari. Yuqori harorat har doim ham detallarning nosozligidan dalolat emas, biroq shunga olib kelishi mumkin.
«Uzoq vaqt o‘yin o‘ynalsa, oqimli kontentdan (video) foydalanilsa yoki sozlamalarning joyida emasligi telefonning qizishiga olib keladi. Qolaversa, ob-havo, harorat kabi tashqi omillar ham qurilmaning qizishiga sababchi bo‘lishi mumkin», — tushuntirdi mutaxassis.
Smartfon yengil isishidan xavotirlanmasangiz ham bo‘laveradi, ammo kuchli qizib ketishi yomon — qurilma buzilishi, hatto batareyasi yonib ketishi ham hech gap emas.
Mutaxassis eski telefonlarning ko‘proq qizishi sababini ham tushuntirdi — zamonaviy ilovalarni yangilab olish uchun ular ko‘proq resurs sarflaydi.
«Mabodo telefon qiziy boshlasa, o‘chirib, qayta yoqing, ortiqcha, ko‘p ishlatilmaydigan funksiyalarini, masalan, GPS va Bluetooth kabilarni o‘chirib qo‘ying. Smartfon operativ xotirasini tozalab beruvchi dasturlardan foydalaning. Kuchsiz smartfonlarga og‘ir o‘yinlar (ko‘p resurs sarflovchi) o‘rnatmang», — maslahat berdi Kuzmenko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter