Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi

Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi

Foto: «Depositphotos/Ronstik»

Pandemiya davrida aksariyat odamlar koronavirusdan saqlanish umidida ko‘p miqdorda vitamin qabul qilishga tushdilar. Biroq bu organizm faoliyatini izdan chiqarishi mumkin, deydi rossiyalik shifokor allergolog-immunolog Aleksey Bessmertniy «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vitaminli komplekslarni suiiste’mol qilish gipervitaminoz holatini keltirib chiqarishi mumkin. U esa foydali moddalar va mikroelementlar tanqisligidan ko‘ra xavfliroq.

«D vitamini yoki A vitamini gipervitaminozi sog‘liq uchun xavfsiz emas. Ustiga-ustak, ko‘pgina polivitaminlar dori emas, bioqo‘shimcha sifatida ro‘yxatga olinishini unutmaslik kerak. Statistikaga ko‘ra, jigar toksik zararlanishining to‘rtdan ikki qismi tegishli tartibda sertifikatlashtirilmagan bioqo‘shimchalar bilan bog‘liq», — deya izohladi mutaxassis.

Uning fikricha, gipervitaminoz alomatlari tushunarsiz, shu bois odamga nima bo‘layotganini ko‘pincha tushunib bo‘lmaydi.

«Ko‘ngil aynishi, lohaslik, charchoq, ajralayotgan peshob miqdori kamayishi shular jumlasidan. D gipervitaminozida qayt qilish, ya’ni intoksikatsiyaning barcha alomatlari bor», — deya ogohlantiradi Bessmertniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar taomnoma sifatli mahsulotlardan tashkil topgan va meva-sabzavotlarga boy bo‘lsa, qo‘shimcha vitaminlarni qabul qilishga zarurat yo‘q.

«Faqatgina ayrim hududlar uchun «Yodomarin» hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun D vitamin bundan mustasno bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidladi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring