Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Organizmni koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlash bo‘yicha shifokor maslahatlari

Organizmni koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlash bo‘yicha shifokor maslahatlari

Foto: «M.avtoradio.ru»

Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-terapevt Vladimir Beketov organizmni koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlash bo‘yicha bir qancha maslahatlarini berdi.

Birinchi navbatda, odamning immuniteti hamma mavsumda bir bo‘lishini unutmaslik kerakligini ta’kidlaydi shifokor. Shu bois yozgi jaziramada yoki quruqlikda COVID-19 ning zaiflashishiga umid qilmaslik kerak.

Avgustning boshidan oktyabrning oxirigacha Beketov grippga qarshi emlanishni tavsiya etadi. Bu, ayniqsa, diabet, o‘pka va yurak kasalliklaridan qiynalayotganlarga taalluqli. Bundan tashqari, poliklinikalarda pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlanish mumkin. Shifokorning aytishicha, BAD, qaynatma, damlama va shunga o‘xshash gomeopatik preparatlarni qabul qilish orqali immunitetni ko‘tarib bo‘lmaydi.

Shuningdek, Beketov uyqu davomiyligining foydasi va uning immunitetga ijobiy ta’siri haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Eng yaxshisi, kuniga sakkiz-to‘qqiz soatlab uxlash lozim. Buning iloji bo‘lmaganda esa kunduzi 20 daqiqadan bir soatgacha ozroq bo‘lsa ham mizg‘ib olish kerak.

Ovqatlanishga kelganda, shifokor kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi: meva-sabzavotlar, ko‘katlar, kepaklar — ular ichak mikroflorasini muvozanatga keltirib, immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, taomnomada yog‘ kamroq, oqsil ko‘proq bo‘lishi muhim. Yaxshisi, go‘sht, ayniqsa, kolbasa mahsulotlari iste’molini cheklash lozim. Uning o‘rniga tovuq, kurka va baliq go‘shtini ko‘proq tanovul qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, kun davomida yetarlicha suv ichish kerak: 1 kilogramm tana vazniga 30 millilitrdan. Biroq tuniga, yaxshisi, suv ichmagan ma’qul.

Vitaminlar haqida gapirarkan, doktor Beketov BAD va vitaminli qo‘shimchalarni qabul qilmaslikni, shunchaki taomnomaga kepak, meva-sabzavotlar qo‘shish kerakligini aytdi. Uning fikricha, bu vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga kifoya qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring