QLED-televizorlarning «pilus-minuslari»
Eng yaxshi televizorlar — QLED-televizorlar, deyishadi ko‘plar. Qo‘shilamiz, ular haq, ammo eng mukammal (hozircha) texnologiyaga ega ushbu televizorlar ham ayrim minuslardan xoli emas.
Avvalo televizorning afzalliklari haqida — QLED ekranlar yorqin va tiniq tasvirni bera oladi:
Tasvir sifati. Juda ham real tasvirga ega bo‘lasiz. Yorqinligi, ranglarining boyligi, qora rang chuqurligi a’lo darajada.
Ko‘rish burchagi kengligi. Shuning uchun ham QLED-televizorlar ko‘pchilik bir bo‘lib tomosha qilishi uchun ajoyib tanlov.
Uzoq xizmat qilishi, kuygan piksellardan xoliligi. Buning sharofati bilan kamida 10 yil sizga beminnat xizmat qiladi.
QLED-ekranlarning ikkita kamchiligi bor:
Ost yorug‘lik (podsvetka) muammosi. Ayniqsa, qoramtir tusli videolarni ko‘rishda bu seziladi.
Qora rangning yetarlicha to‘yinmagani. QLED-ekranlardagi kvant nuqtalar to‘liq (100 foiz) qora tasvirni berolmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter