Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi holatlarda sabzavot zaharga aylanadi?

Qaysi holatlarda sabzavot zaharga aylanadi?

Foto: «M.fotostrana.ru»

Diyetolog shifokor Yelena Solomatina «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida sabzavotlarni noto‘g‘ri saqlash va tayyorlash qanday qilib zaharga aylanishi haqida so‘zlab berdi.

«Pishib o‘tib ketgan baqlajon, kartoshka, pishmagan yashil pomidorni yeyish tavsiya etilmaydi. Ushbu sabzavotlar ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ularning tarkibida solanin — nerv va peshob ajratish tizimlarida nosozlikni keltirib chiqaruvchi neyrotoksin bor», — deydi diyetolog.

Shuningdek, Solomatina xomligicha yoki yaxshi pishirilmagan loviyani yeyish mumkin emasligini, chunki uning tarkibida zaharlanishga sabab bo‘luvchi fitogemagglyutinin borligidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, uzoq vaqt saqlangan loviyada zamburug‘lar to‘planishi mumkin.

Surunkali kasalliklardan qiynalayotgan bemorlar ayrim sabzavotlarni taomnomasidan chiqarib tashlashi kerak, deya ta’kidlaydi diyetolog. Jumladan, bu karamning barcha turlari va krestgullilar turiga taalluqli. Negaki ular yod so‘rilishiga xalaqit qiladi. Shu bois qalqonsimon bezida muammosi borlarga ham tavsiya etilmaydi.

«Achchiq sabzavotlar, ayniqsa, turp, rediska oshqozon-ichak yo‘li, oshqozonosti bezi kasalliklarida, xususan, xastalik zo‘raygan paytlarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deb ogohlantiradi Solomatina.

Tarkibida ko‘p nitrat to‘playdigan ko‘kat va sabzavotlarni iste’mol qilishda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Ular orasida, jumladan, ismaloq, petrushka, sabzi va bodring bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring