O‘zbekistonning qaysi viloyatida eng ko‘p sabzavot yetishtirilishi aytildi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,3 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,3 foizga oshgan.
Sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Surxondaryo viloyati egalladi. Yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (17,7 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yuqori ulush Andijon (17,5 foiz), Farg‘ona (13,1 foiz) va Toshkent (10,5 foiz) viloyatlarida ham qayd etilgan.
Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,5 foiz) va Jizzax viloyatida (1,9 foiz) kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter