Shifokor qishda qaysi sabzavotlarni ko‘proq yeyish foydali ekanini aytdi
Qish mavsumida ayrim sabzavot va mevalar foydali xususiyatlarini yo‘qotadi yoki hatto sog‘liq uchun zararli bo‘lib qoladi, deydi rossiyalik toksikolog Mixail Kutushov «Doktor Piter» portaliga bergan intervyusida.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, kartoshka, lavlagi, sabzi, sholg‘om va piyoz o‘zining foydali xususiyatlarini qishda yaxshi saqlaydi.
Ammo pomidor, bodring, ismaloq, qulupnay va ba’zi olma navlari bu xususiyati bilan maqtana olmaydi. Ular uzoq vaqt saqlanmasligi kerak.
«Meva va rezavorlar tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolishning yagona yo‘li muzlatishdir. Uni kesib, muzlatgichga qo‘yib, yeyish mumkin», dedi shifokor.
Toksikolog ko‘pchilik sabzavot va mevalarning aniq mavsumiyligi borligini tushuntirdi. Agar ular issiqxona sharoitida yetishtirilsa, turli xil stimulyatorlar qo‘shiladi, bu odamlar uchun xavflidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter