Oyoqlarda tomir tortishishi nimadan darak?
Shifokor-ortoped, Germaniyada sport tibbiyoti va profilaktikasi jamiyati vitse-prezidenti Aksel Klyayn oyoqlardagi tomir tortishishining asosiy sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda «Rambler» xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jismoniy faollik yetishmasligi, shuningdek, jiddiy kasalliklar alomati ham bo‘lishi mumkin.
Agar oyoq mushaklari to‘satdan qotib qolsa va bu holat kuchli og‘riqni keltirib chiqarsa, qalqonsimon bezni tekshirtirish kerak. Bundan tashqari, u diabet alomati yoki ayrim dori vositalarining noxush ta’siri bo‘lishi ham hech gap emas.
Klyaynning ta’kidlashicha, oyoqdagi tomir tortishishiga o‘ta tor poyabzal ham sabab bo‘ladi. Bu dardning keksalarda kuzatilishi esa qon tomirlardagi o‘zgarishlardan dalolat.
Tomir tortishishi tezlashganda nevrologga murojaat eting: u nerv yoki mushak shikastlanishi alomatlari bor-yo‘qligini tekshiradi.
Shifokor magniyli qo‘shimchalar mushak spazmini kamaytirishga yordam beradi degan mish-mishni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, magniyning mushaklar holatiga ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter