Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyoq shishishi xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkin

Oyoq shishishi xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkin

Foto: «Ru.dreamstime.com»

Britaniyalik shifokorlar oyoq va tananing boshqa qismlari shishishi jigar sirrozi alomati bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda «Express» nashri xabar bermoqda.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu belgi organizmning normal jigar faoliyatini tiklashga harakat qilayotganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, charchoq, vazn tashlash, ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi va a’zo sohasidagi og‘riq kabi belgilar sirrozga ishora qilishi mumkin. Kasallik tufayli ko‘pincha tanada yulduzsimon tomirlari paydo bo‘ladi, odamning uyqusi esa buziladi.

Bunday alomatlar yuzaga kelganda, mutaxassislar shifokorga murojaat qilib, tekshiruvlardan o‘tishni maslahat berishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring