Jarroh adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jarroh keksa bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi, u 7,7 ming yevro jarimaga tortildi, deb xabar beradi The Guardian.
Gazetaning yozishicha, 82 yoshli erkak Avstriyaning Freyshtadt shahridagi shifoxonaga yotqizilgan, uning oyog‘i amputatsiyaga muhtoj edi. 43 yoshli tibbiyot xodimi operatsiyadan oldin noto‘g‘ri a’zoni belgilab qo‘ygan. Huquq-tartibot idoralari xato haqida bir necha kundan keyin bilishgan. Bu paytga kelib bemor vafot etgandi.
Jarroh hodisani «insoniy va texnik xato» deb atagan holda klinikani tark etdi va boshqa shaharga ko‘chib o‘tdi. Sud uni beparvolik ishida aybdor deb topdi – ayol jarimaga tortildi va bemorning beva xotiniga tovon to‘lash majburiyatini oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter